Janubiy Koreya bosh murabbiyi: "Yaponiyadan qochish rejamiz yo'q edi"

Оқил Абдубарноев
25 yanv 2024
Janubiy Koreya murabbiyi Yurgen Klinsmann Osiyo kubogi doirasida Malayziyaga qarshi o'yin (3:3) haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Raqib foydasiga belgilangan penalti noto'g'ri belgilandi deb o'ylayman. Shuningdek, ularning qoidabuzarlik evaziga urgan goli tan olingani ham achinarli.

Yaponiyadan qochish rejamiz yo'q edi. Maydonga chiqishdan avval g'alaba qozonib, guruhda birinchi o'rinni egallagan holda keyingi bosqichga yo'l olishni o'ylagandik. Bugun futbolchilarimiz yaxshi harakat qilishib, ko'p imkoniyat yaratdi", - dedi germaniyalik mutaxassis. 

Eslatib o'tamiz, guruhda 2-o'rinni egallagan Janubiy Koreya 1/8 finalda Saudiya Arabistoni bilan to'qnash keladi.



Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia