Jan "Yuventus"da eng ko'p maosh oluvchi futbolchilardan biri bo'ladi

Aziz Tukhtamuradov
7 yanv 2018
"Yuventus" "Liverpul" futbolchisi Emre Janga qanday shartnoma taklif qilayotgani ma'lum bo'ldi.

Germaniyalik futbolchi mavsum yakunlanganidan so'ng erkin agentga aylanadi. Shu sababdan ham u boshqa klublar bilan muzokaralar o'tkazishi mumkin.

"Yuventus" Janga yiliga 5 million evro maosh to'laydi. Bu esa klubda eng ko'p maosh oluvchi futbolchilardan biri bo'lish degani. Faqatgina Iguain va Dibalalar  "Yuve"da 5 milliondan ko'p pul topadi.

Shartnoma 5 yilga tuziladi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Calciomercato