Jan Ronalduning chetlatilishi haqida: "Krishtianuga raqib sochiga tekkani uchun qizil kartochka berishdi"

Aslanov Jasurbek
20 sen 2018
"Yuventus" yarim himoyachisi Emre Jan "Valensiya"ga qarshi Chempionlar ligasi uchrashuvida hujumchi Krishtianu Ronalduni chetlatgan hakam qarori haqida fikr bildirdi.

Birinchi bo'lim o'rtalarida Feliks Brix yon hakamning so'zlaridan so'ng forvardga qizil kartochka ko'rsatdi. Ronaldu "Valensiya" himoyachisi Jeyson Murilo bilan to'qnashuvdan so'ng jazolandi va maydonni ko'z yoshlari bilan tark etdi.

"Nahotki bu qizil kartochka bo'lsa? Ronalduning so'zlariga ko'ra, u raqibning sochini ushlagani uchun chetlatilgan ekan. Biz ayol emasmiz, futbol o'ynaymiz. Agar bunday narsalarga qizil kartochka berilsa, futbolchini har qanday fol uchun chetlatish mumkin. Bu ish qizil kartochkaga arzimaydi" - deydi Jan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com