Jamshid Saidov va Vohid Shodiev noyabr oyi laureatlari

Narzulla Saydullayev
3 dek 2015
O'zbekiston Professional futbol ligasi va “Championat.asia” hamkorligida tashkil etilgan oy laureatlarining navbatdagi g'olibi aniqlandi.

Unga ko'ra Buxoroning “Buxoro” klubi bosh murabbiyi Jamshid Saidov 69 ochko to'plab noyabr oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Bu oyda Saidov boshchiligidagi “Buxoro” klubi “Neftchi” va “So'g'diyona”ni mag'lub etib oliy ligaga qolishga muvaffaq bo'ldi.

Undan keyingi o'rinni 67 ochko to'plagan “Paxtakor” ustozi No'mon Hasanov band etdi. “Sherlar” noyabr oyida chempionatda 2ta o'yin o'tkazib ularning ikkalasida g'alabaga erishishdi va 11-marta mamlakat chempioni bo'lishdi.  

Kuchli uchlikni “Lokomotiv” klubi bosh murabbiy lavozimini bajaruvchisi bo'lgan Andrey Miklyaev yakunlab berdi. Miklyaev 44 ochko to'pladi. “Temiryo'lchilar” ushbu murabbiy qo'l ostida o'tgan oyda chempionatda ikkita o'yin o'tkazib ularning ikkalasida ham raqibni mag'lub etishdi.



Toshkentning “Bunyodkor” klubi hujumchisi Vohid Shodiev noyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. O'tgan oyda “Olmaliq”qa bitta, “Qo'qon-1912”ga ikkita gol urgan Shodiev so'rovnomada 65 ochko to'pladi.

Undan keyingi o'rinni “Paxtakor” hujumchisi Igor Sergeev band etdi. O'tgan oyda ikkita o'yinda ikkita gol urgan futbolchi 55 ochko jamg'ardi. Uchinchi o'rinda “Buxoro” klubi yarim himoyachisi Otabek Shukurov qayd etildi. Noyabr oyida 2ta o'yinda 2ta gol urgan yosh futbolchi 48 ochko to'pladi.

Noyabr oyi so'rovnomasi natijalari

O'rin        

Murabbiy

I

II

III     

IV     

V      

Jami   

1

Jamshid Saidov       

9      

5      

1

-

1

69

2

No'mon Hasanov

7

5

4

-

-

67

3

Andrey Miklyaev

-

5

7

1

1

44

4

Igor Shkvirin

-

-

2

8

5

27

5

Baxtiyor Boboev

-

-

2

5

7

23





O'rin        

Futbolchi

I       

II      

III     

IV     

V       

Jami  

1

Vohid Shodiev

9

2

4

-

-

65

2

Igor Sergeev

3

9

1

-

1

55

3

Otabek Shukurov

4

3

2

5

-

48

4

Igor Taran

-

1

5

4

2

29

5

Eldor Shomurodov   

-

-

1

2

3

10

6

Otabek Valijonov

-

-

2

-

2

8

7

Aleksandr Lobanov

-

1

-

2

1

7

8

Doniyor Ismoilov

-

-

-

-

4

4

9

Shahzod Shaymanov

-

-

1

-

-

3

10

Lutfulla To'raev

-

-

-

1

1

3

 
Kim kimga ovoz berdi. To'liq ro'yxat


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz