Jamshid Saidov: "Gol ura olmaganimizga sabab "So'g'diyona" yaxshi himoyalandi"

Administrator
5 apr 2024, 22:07
Superliganing 5-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Qizilqum" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Birgina xato evaziga gol o'tkazib yubordik. Umumiy aytganda o'yinimiz yomon chiqmayotgandi. Oxirigacha kurashishgani uchun yigitlarga raxmat aytaman. Shuningdek, uzoq yo'l bosib kelib bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarga ham raxmat.

- Dastlabki turlarni yaxshi boshlagandingiz. Keyin jamoa natijalarida pasayish kuzatilmoqda. Buni qanday izoxlaysiz?

- Natijalarimizni yomon deb bo'lmaydi. Safar o'yinida yutqazib qo'ydik. Umumiy o'yin bo'yicha hech bir raqibdan kuchsiz o'yin ko'rsatmayapmiz.

- Vaziyatlarni yakunlashda muammo bordek ko'rindi...

- Bo'lishi mumkin. Lekin bugungi o'yinda gol ura olmaganimizga sabab "So'g'diyona" yaxshi himoyalandi. Umumiy o'yin kartinasida biz ko'proq ustunlikka ega bo'ldik. Bitta xato qimmatga tushdi. Navbatdagi o'yinlarga tayyorgarlikka kirishamiz.


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia