Jamshid Iskanderov: "Yigitlar ertangi o'yinga 100 foiz tayyor!"

Narzulla Saydullayev
14 okt 2024
O'zbekiston terma jamoasi BAAga qarshi o'yinoldi mashg'ulotni o'tkazdi.

Mashg'ulotdan oldin terma jamoa yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov ertangi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi.

"Terma jamoa a'zolari ertangi o'yinga 100 foiz tayyor. Oson o'yin bo'lmaydi, lekin 3 ochko olish uchun qo'ldan kelgancha harakat qilamiz. Raqib safida hujumda individual kuchli futbolchilari bor. Ammo biz faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz.

Ob-havo ajoyib, ammo yomg'ir maydonga biroz xalal beradi. Maydonga tushib g'alaba uchun borimizni beramiz.

Tarkibdagi har bir futbolchining o'rni biladi, lekin ularning o'rnini bosadigan o'yinchlar ham bor", - dedi Jamshid Iskanderov.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia