

"Odil Junior" maktabini faoliyatini boshlaganligi munosabati bilan, To'raqo'rg'onda o'tkazilgan "Kelajak Yulduzlari" musobaqasining yopilish marosimiga tashrif buyurgan Jamshid Iskanderov uchun turnir tashkilotchilari sovg'a tayorlab qo'yishgan edi. Bundan bexabar Jamshid uchun stadion to'la bolakaylarning "TAB-RIK-LAY-MIZ" deya qichqirishlari uning uchun haqiqiy "syurpriz" bo'ldi.

Kutib oling, "syurpriz"...

Happy Birthday, Jamshid!

Odatdagidek, SELFI!
"To'g'risini aytsam, mening tug'ilgan kunim haqida bilishlarini bilmagan edim. Barchangizga katta rahmat. Bizni hurmat qilib tadbirga taklif etganingiz uchun ham", - deydi xorazmlik futbolchi.



