Jamshid Hasanov: "Lokomotiv" bilan qiyin bahs bo'ladi"

Narzulla Saydullayev
15 okt 2016
"Mashal" - "Olmaliq" (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar yarim himoyachisi Jamshid Hasanov o'z fikrlarini bildirdi.
"Lokomotiv” bugunda yurtimizda anchagina kuchli jamoadir. Bekorga ular peshqadam bo'lib turishgani yo'q. Ammo biz ham shundoq ochkolarni berib yuborish niyatimiz yo'q. Umuman o'yindan oldin bir nima deyish qiyin albatta. Biz ham "temiryo'lchilarga” qarshi yaxshigina hozirlik ko'rib quyamiz hali. Jamoamizga esa g'alaba va omad tilayman", - deydi Hasanov.

"Mashal" matbuot xizmati

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia