Jamshid Asadov: "Bu g'alaba butun O'zbekistonning yutug'i"

Narzulla Saydullayev
16 may 2018
Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o'rtasida Jahon chempioni bo'lgan O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Jamshid Asadov bilan bog'landik.

"Butun O'zbekiston xalqini tabriklaymiz. Butun jamoamiz nomidan barchaga rahmat aytamiz. Bolalarga rahmat aytaman, finalda borlarini berib o'ynashdi. Juda qiyin o'yin bo'ldi, oxirigacha g'alabaga ishondik. Hamma-hammani tabriklaymiz. Bu g'alaba xalqimizning g'alabasi", - deydi Jamshid Asadov ko'z yoshlarini to'xtata olmay.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia