

Futbolchi bugungi uchrashuvda ajoyib zarba bilan raqib darvozasini ishg'ol qilib jamoasining gollaridan biriga mualliflik qildi.
"O'yin qiziq o'tdi. Birinchi navbatda noqulay ob-havo sharoitiga qaramasdan stadionga kelib qo'llab-quvvatlab turishdi. Rasmiy bellashuvlar oldidan oxirgi o'rtoqlik o'yinimizni ko'tarinki ruhda yakunladik. Superliga va O'zbekiston kubogida g'oliblik uchun kurashamiz. Bilasiz "Paxtakor" doim o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yadi", - deydi Sardor Rashidov.
- "Paxtakor"ga qaytishingizni gol bilan nishonlashni kutganmidingiz?
- Kutish yoki kutmaslik emas, gol urish niyatim bor edi. "Paxtakor"dagi so'nggi golimni ham "pushka" uslubida urgandim. Buni qarangki, qaytishim ham shunday bo'ldi. Davomli bo'lsin.
- Jamoaga kech qo'shildingiz. Sport formangiz qanday?
- 100 emas, 70-80 foiz yaxshi holatda deya olaman. O'yinlargacha yanada optimal holga kirishga harakat qilaman.
- "Paxtakor"da nima o'zgargan?
- Bugungi "Paxtakor"da hamma narsa o'zgargan. Maksim Shackix o'zi ham futbol o'ynagan. Shu bois qo'l ostidagi shogirdlarini ham tushunadi. O'ylaymanki, bu mavsum OCHLda ham yaxshi natija ko'rsatamiz.
- Uzoqdan ko'p bor chiroyli gollar urasiz. Buning siri bormi?
- Hammasi xudodan. Biz faqat tepamiz, xolos.
- "Paxtakor"ga OCHLda ham yordam berasizmi yoki yozda boshqa jamoalardan taklif tushsa klub qo'yib yuboradimi?
- Bu savolingizga javob bera olmayman.



