Jaloliddin Masharipov "Navbahor"ga o'tishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi

Alisher
14 yanv 2024, 15:24
"Panserraikos" va O'zbekiston terma jamoasi o'yinchisi Jaloliddin Masharipov uning "Navbahor"ga o'tishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

"Yo'q, hozircha bunday narsa yo'q. Bunday narsalar internetda chiqib ketganini ko'rdim. Klubim bilan shartnomam bor. Bu narsani hozircha o'ylab ham ko'rmayman. Osiyo kubogida bunday narsalarga hayolni bo'lmaslik kerak. Hozircha yuz foiz Gretsiya klubi bilanman", - dedi futbolchi.

Eslatib o'tamiz, "Al Nasr" sobiq futbolchisi Gretsiya klubi bilan o'tgan yilning sentyabr oyi 2024 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzolagandi.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia