Jaka "Arsenal" tarixidagi uchinchi eng qimmat futbolchiga aylanishi mumkin

Aslanov Jasurbek
24 may 2016, 11:40
Agar Myonxengladbaxning "Borussiya" yarim himoyachisi Granit Jaka yozda "Arsenal"ga o'tsa, bu transfer ingliz klubi tarixidagi uchinchi eng katta xarid bo'ladi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "to'pchilar" shveytsariyalik futbolchi uchun 38,5 mln. evro to'laydi. Bungacha "Arsenal" Mesut Ozil uchun "Real"ga 52 mln. evro, Aleksis Sanches uchun esa "Barselona"ga 44,8 mln. evro o'tkazib bergan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports