

- Butun O'zbekiston ahlini kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan qutlayman, xususan “Neftchi” jamoasi muxlislariga 2016-yil omadli va fayzli bo'lishini tilayman. Hozircha bizga rahbariyat tomonidan yangi mavsum uchun aniq bir maqsad qo'yilmadi. Lekin biz “Neftchi” vakillari Oliy liga-2016da muxlislarni xursand qilish uchun xar bir o'yinda zafar quchishga harakat qilamiz. Klub bilan shartnomam yakuniga etgan. Ayni paytda yangi shartnoma borasida rahbariyat bilan muzokaralar bormoqda, - dedi Jahongir Mehmonov.
Hojiakbar Jabborov. “Ruxsor” TRK.



