Izzatbek G'aniev Bahraynda o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
29 yanv 2017
O'zbekistonlik yarim himoyachi faoliyatini Bahraynda davom ettiradigan bo'ldi.

O'tgan yil "Xotira-79" va "Yozyovon-Lochinlar" klubida o'ynagan Izzatbek G'aniev Bahrayn oliy ligasining "Al Xala Muharraq" klubi bilan shartnoma tuzdi.

G'aniev faoliyati davomida oliy ligada "Neftchi", "Qo'qon-1912" va "So'g'diyona" klublarida o'ynagan.

"Al Hala Muharraq" 1955 yil tashkil topgan klub. 1979 yil Bahrayn chempioni bo'lgan, 3 marta Bahrayn Qirol kubogi sohibiga aylangan.

BAHRAYN CHEMPIONATI



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia