Iyun oyida Dinamoni qanday o'yinlar kutmoqda?

Narzulla Saydullayev
8 iyun 2017
Oliy Liga birinchi davrasiga yakun yasab beradigan iyun oyida Dinamo jamoasini bir qator muhim bahslar kutib turibdi.

Jumladan, milliy terma jamoamizning Erondagi o'yinidan ikki kun o'tib, 14 iyun kuni Samarqand jamoasi 13-tur doirasida Farg'onada Neftchi klubi mehmoni bo'ladi. Yangi murabbiy Vadim Abramov qo'l ostida jiddiy tayyorgarlik ko'rayotgan Neftchi jamoasiga qarshi bahs har ikki tomon uchun ham ancha qiyin o'tishi hozirdan ma'lum.

Oradan 6 kun o'tib, Dinamo ketma-ket ikkinchi safar uchrashuvini Toshkentda amaldagi chempion Lokomotivga qarshi o'tkazadi.

25 iyun kuni esa birinchi davraning so'nggi tur o'yinida Muborakning Mashal jamoasi Samarqandda mehmon bo'ladi.

E'tiborlisi, kubok bahsi bilan hisoblaganda Dinamo Mashalga qarshi 10 kun ichida 3 ta uchrashuv o'tkazishiga to'g'ri keladi. Chunki, jamoa chorak final doirasida ham 30 iyun va 4 iyul kunlari Mashalga qarshi saf tortadi.

Dinamoning iyun oyidagi o'yinlari:
Oliy Liga. 13-tur.
14 iyun (chorshanba)
NEFTCHI - DINAMO

Farg'ona. Istiqlol stadioni.

Oliy Liga. 14-tur.
20 iyun (seshanba)
LOKOMOTIV - DINAMO

Toshkent. Lokomotiv stadioni.

Oliy Liga. 15-tur.
25 iyun (yakshanba)
DINAMO - MASH'AL

Samarqand. Dinamo stadioni.

O'zbekiston Kubogi. 1/4 final.
Dastlabki o'yin. 30 iyun (juma)

DINAMO - MASH'AL
Javob uchrashuvi: 4 iyul (seshanba)

Dinamo matbuot xizmati.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcdinamo.uz