Ivanovich APLga qaytadi

Biroz avval "Zenit"ni tark etgan Branislav Ivanovichning keyingi manzili Angliya bo'lishi kutilmoqda.

Serbiyalik futbolchi Karlo Anchelotti boshchiligidagi "Everton"ga ko'chib o'tishga yaqin turibdi. Hozir muzokaralar so'nggi bosqichga kirgan. Ivanovichning Mersisayd klubi tarkibiga qo'shilishi aynan Anchelottining tashabbusi tufayli amalga oshishi aytilmoqda. Ma'lumot uchun, italiyalik mutaxassis 34 yoshli himoyachi bilan "Chelsi"da birga ishlagan va uning imkoniyatlarini yaxshi biladi.


Manba: soccernews