Ivan Yosovich "Qo'qon-1912" jamoasi ixtiyoriga yetib keldi

Bu haqda klub matuot xizmati xabar tarqatdi.

"O'tgan mavsumni Qo'qonda o'tkazgan serbiyalik tajribali himoyachi Ivan Yosovich yangi mavsumda ham "Qo'qon-1912" safida to'p suradigan bo'ldi. Jamoa rahbariyatining taklifiga binoan Ivan Yosovich bugun tongda O'zbekistonga yetib keldi. Yosovich bugun Toshkent shahrida jamoamiz shifokori hamrohligida tibbiy ko'rikdan o'tdi. Futbolchi ertaga Qo'qon shahriga yetib keladi hamda jamoamiz mashg'ulotlariga qo'shiladi. Tajribali himoyachi bilan yangi shartnoma imzolanadi. 

"Qo'qon-1912" jamoasining ahil oilasiga, o'z uyingga xush kelibsan Ivan!", deyiladi xabarda.

Ivan Yosovich 21 yanvar kuni "Qo'qon-1912"  bilan yangi kelishuvga erishganini saytimizga ma'lum qilgan edi.


Manba: "Қўқон-1912" матбуот хизмати