Ivan Boshkovich: "So'nggi o'rinlardagi jamoalar ham yetakchilarni yutib qo'yishi mumkin"

Aslanov Jasurbek
4 noya 2023
Coca-Cola Superliga 24-turidan o'rin olgan “So'g'diyona” – “Buxoro” (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Ivan Boshkovich: "O'yin juda muhim edi. Biz qiyin vaziyatga tushib qolgandik. So'nggi natijalar salbiyligi tufayli yigitlarda bosim mavjud edi. Ammo men ularga ishonaman. Mag'lub bo'lgan kunlarimiz ham yaxshi o'yin ko'rsatgandik. Bugun g'alaba qozonishimizga ishongandim. "Buxoro" birinchi bo'limda yaxshi himoyalandi, ammo vazifani uddaladik. Vaziyatlar yaratib, gol urdik, darvozamizni "quruq" saqladik.

Bu bahsdagi g'alaba bizga ruhan dam olib, keyingi uchrashuvga yaxshi tayyorlanishga imkon beradi. Yana 2ta o'yin qoldi, hali hech narsa aniq emas. Chempionat jadvalining so'nggi o'rinlardagi jamoalari ham yetakchilarni yutib qo'yishi mumkin. O'yinda bo'shashishga haqqimiz yo'q. Mavsumni yaxshi darajada yakunlashga harakat qilamiz".



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia