

"Xvichaning Gruziya terma jamoasi safida Ispaniya va Gretsiyaga urgan gollari uning transfer qiymati kamida besh million evroga oshganini anglatadi. Yevropa klublari allaqachon futbolchining agentlari bilan muzokara olib borishmoqda.
Bilishimcha, agent Mamuka Jugeli tez orada Italiyaga jo'nab ketadi va u yerda "Milan" va "Yuventus" vakillari bilan uchrashadi. Shuningdek, gruziyalik o'yinchiga "Napoli" ham qiziqmoqda. Eshitishim bo'yicha Italiyada Xvichani Kaxa Kaladze reklama qilyapti", – deb yozdi Arustamyan telegram'da.
Kvaratsxeliya "Rubin"da 2019 yildan beri o'ynab kelmoqda. Shu vaqt ichida u 49 ta uchrashuv o'tkazib, 7 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.