

Mamlakatning 5 ta klubi Evrokubok yarim finalida o'ynaydi. "Milan" va "Inter" Chempionlar ligasida, "Yuventus" va "Roma" Yevropa ligasi, "Fiorentina" esa Konferenciyalar ligasi yarim finalida maydonga tushadi.
Ispaniyadan esa ikki jamoa - "Real" YCHLda, "Sevilya" Yevropa ligasi yarim finalida bahs olib boradi.
Angliyadan ham ikkita - "Manchester Siti" YCHLda, "Vest Xem" Konferenciyalar ligasida.
Shuningdek Germaniyadan "Bayer" (Yevropa ligasi), Shveytsariya va Niderlandiyadan "Bazel" va AZ (Konferenciyalar ligasi) ham Evrokubok yarim finalida maydonga tushadi.



