Italiyada kelishilgan o'yin tashkillashtirishda gumon qilingan 50 kishi qo'lga olindi

Aslanov Jasurbek
19 may 2015
Italiyada 50 kishi kelishilgan o'yin tashkillashtirishda gumon qilinib qo'lga olindi va yana 70 nafari tergov ostida.

Ma'lumotlarga ko'ra, policiya Italiyaning uchinchi va to'rtinchi divizionida kelishilgan o'yinlarni aniqladi. Shubha ostidagilar safida mashhur jinoyat tashkilotlari va bir policiya xodimi bor.

Surishtiruv ishlariga ko'ra, ushbu jinoyatlarda menejerlar, murabbiylar va Italiyaning quyi ligalaridagi 30 dan ortiq klub futbolchilari ishtirok etgan. Ularning o'yid tekshiruv ishlari olib borilmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia