Italiya termasining Polsha va Portugaliyaga qarshi uchrashuv uchun qaydnomasi ma'lum

Mirjalol Normatov
2 sen 2018
Italiya termasi bosh murabbiyi Roberto Manchini Millatlar ligasining ilk turlari uchun tarkibni ma'lum qildi.

Liganing ilk turlarida italiyaliklar Polsha va Portugaliya termalariga qarshi bahs olib boradi. Qayd etish lozim, termaning ushbu o'yinlariga PSJ yarim himoyachisi Marko Verratti chaqirilmadi.

Darvozabon: Alesso Krano ("Kalyari"), Salvatore Sirigu ("Torino"), Mattia Perin ("Yuventus"), Janluiji Donnarumma ("Milan");

Himoyachilar: Kristiano Biragi ("Fiorentina"), Leonardo Bonuchchi ("Yuventus"), Mattia Kaldara ("Milan"), Jorjo Kellini ("Yuventus"), Domeniko Krishito ("Jenoa"), Emerson ("Chelsi"), Manuel Laccari (SPAL), Alessio Romanoli ("Milan"), Daniele Rugani ("Yuventus"), Davide Dzappakosta ("Chelsi");

Yarim himoyachilar: Nikolo Barella ("Kalyari"), Marko Benassi ("Fiorentina"), Brian Kristante ("Roma"), Roberto Galyardini ("Inter"), Jorjino ("Chelsi"), Lorenco Pellegrini ("Roma"), Nikolo Dzanolo ("Roma");

Hujumchilar: Mario Balotelli ("Nicca"), Andrea Belotti ("Torino"), Domeniko Berardi ("Sassuolo"), Federiko Bernardeski ("Yuventus"), Jakomo Bonaventura ("Milan"), Federiko Keza ("Fiorentina"), Chiro Immobile ("Lacio"), Lorenco Insine ("Napoli"), Petro Pellegri ("Monako"), Simone Dzadza ("Torino"). 


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Calciomercato