Italiya terma jamoasiga B Seriyadan futbolchi taklif qilindi

Aslanov Jasurbek
10 noya 2018
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini noyabrdagi o'yinlar uchun milliy jamoaga chaqirgan futbolchilar nomi ma'lum bo'ldi.

Milliy jamoa qaydnomasiga B Seriyada ishtirok etadigan "Breshiya"ning 18 yoshli himoyachisi Sandro Tonali taklif etildi.

Italiya terma jamoasiga chaqirilgan futbolchilar

Darvozabonlar: Alesso Krano (Kalyari), Salvatore Sirigu (Torino), Djanluidji Donnarumma (Milan).

Himoyachilar: Leonardo Bonuchchi, Jorjo Kellini, Daniele Rugani, Mattia De Shilo (hammasi – Yuventus), Kristiano Biragi (Fiorentina), Emerson (Chelsi), Alessio Romanoli (Milan), Alessandro Florenci (Roma).

Yarim himoyachilar: Nikolo Barella (Kalyari), Roberto Galyardini (Inter), Jorjino (Chelsi), Lorenco Pellegrini (Roma), Marko Verratti (PSJ), Sandro Tonali (Breshiya), Stefano Sensi (Sassuolo).

Hujumchilar: Federiko Keza (Fiorentina), Vinchenco Grifo (Xoffenxaym), Domeniko Berardi (Sassuolo), Federiko Bernardeski (Yuventus), Chiro Immobile (Lacio), Lorenco Insine (Napoli), Kevin Lazanya (Udineze), Matteo Politano (Inter), Leonardo Pavoletti (Kalyari).


Eslatib o'tamiz, Italiya terma jamoasi 17 noyabr kuni Portugaliyaga qarshi, 20 noyabrda AQSH bilan bahs o'tkazadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com