Italiya Kubogi. "Milan" "Kalyari"ni osonlik bilan mag'lub qilib, chorak finalga yo'llanma oldi

Mirjalol Normatov
3 yanv 2024, 02:59
Italiya Kubogining 1/8 final uchrashuvlari davom ettirildi.

Bugungi kun dasturida "Milan" o'z maydonida "Kalyari"ni yirik hisobda mag'lub qildi va chorak finalga yo'llanma oldi.

Milan – Kalyari 4:1

"Juzeppe Meacca (San-Siro)"

Gollar: 1:0 – 29 Yovich, 2:0 – 42 Yovich, 3:0 – 50 Traore, 3:1 – 87 Acci, 4:1 – 90 Rafael Leau.

Milan – Mirante, Kalabriya (Florenci, 61), Ernandes, Simich, Ximenes (Bartezagi, 80), Adli, Reynders (Dzeroli, 80), Romero (Pulishich, 71), Chukvueze, Traore (Rafael Leau, 70), Yovich.

Kalyari – Radunovich, Di Pardo (Dzappa, 72), Veteska, Xacidyakos, Obert, Mankozu (Sulemana, 72), Deyola, Yankto (Acci, 63), Makumbu, Luvumbu, Petanya (Pereyro, 64).

Ogohlantirish: Di Pardo (59), Deyola (70), Acci (89).

Ushbu bosqich doirasida "Atalanta" - "Sassuolo", "Roma" – "Kremoneze" hamda "Yuventus" – "Salernitana" uchrashuvlari qoldi.

Bunga qadar "Lacio", "Fiorentina", "Frozinone" hamda "Bolonya" jamoalari chorak finalga yo'llanma olgan, "Inter" va "Napoli" kabi jamoalar omadsizlikka uchragandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia