"Istiqlol" yordamchi murabbiyi: "Oq-tepa" haqli g'alabaga erishdi"

Narzulla Saydullayev
10 apr 2021, 20:04
Pro-liganing 4-turidan o'rin olgan "Istiqlol" - "Oq-tepa" (1:3) uchrashuvidan so'ng mezbon jamoa yordamchi murabbiyi Xushbek Qosimov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- O'yin haqida

"Oq-tepa" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Ular bugun haqli g'alabaga erishishdi. Jamoamiz rahbariyati va muxlislardan futbolchilar hamda o'zimizning nomimizdan uzr so'rayman. O'yin borasida fikrim, "Oq-tepa" bizdan 2-3 kun ko'proq dam oldi. Biz bor kuchimizni "Neftchi" bilan o'yinga tashlagandik. Derbi uchrashuvidan so'ng hali tiklanib ulgurmagandik. Hozir shunday deb hisoblayapmiz, bu borada yana tahlil qilamiz. Bugungi o'yinda futbolchilarga hech qanday etiroz yo'q. Ular bugun qo'llaridan kelganicha harakat qilishdi. Yana bor jamoamiz nomidan muxlislardan uzr so'raymiz.

- "Istiqlol" tarkibida bir qator tajribali va Superligada o'ynagan futbolchilar bor. Lekin mavsumda 4 ta mag'lubiyat bilan yaqqol autsayderga aylanib qoldi. Bu nima bilan bog'liq?


- Mani fikrimcha, mavsumga tayyorgarlikning so'ngi kunlarida ilojsiz xolatda yangi futbolchilarni tarkibga jalb etdik. Superliga tugul xatto Birinchi ligada o'ynamagan futbolchilarni ham jamoamizga qo'shildi. O'rinbosarlar tarkibimizdan ham yosh futbolchilarni tarkibga qo'shib oldik. Bizda hozir boshqa iloji yo'q, birinchi davra yakuniga qadar shu tarkib bilan o'ynaymiz. Superligada o'ynagan tajribali yigitlar hali o'z so'zini aytadi, hozircha bizga yaqqol autsayder deb qarash noto'g'ri.

- Bu yil rahbariyat jamoa oldiga qanday vazifalarni qo'ymoqda?


- Bugungi mag'lubiyatdan so'ng rahbariyat bilan suhbatlashdik. Ular bu yilgi mavsumda yuqori beshlikka kirishni vazifa qilib qo'yishdi.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia