"Istiqlol" stadioni Osiyo Kubogiga tayyor

Tolibjon Qosimov
1 mar 2023, 08:30
Bugun, 1 mart kuni mamlakatimizda 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida Osiyo Kubogi bahslari start oladi.

Guruh o'yinlari Toshkentdagi 3 ta stadion ("Bunyodkor", "Lokomotiv" va "Jar")dan tashqari Farg'onadagi "Istiqlol"da ham bo'lib o'tadi. Vodiyda "B" guruhi bahslari o'tkaziladi. Ushbu guruhdan Eron, Avstraliya, Qatar hamda Vetnam U-20 terma jamoalari joy olishgan. Kuchli guruh deb bemalol ayta olamiz. Shuningdek, vodiy ahli O'zbekiston U-20 terma jamoasining o'yinidan ham zavq olishlari mumkin bo'ladi. Yani, 7 mart kuni Ravshan Haydarov boshchiligidagi jamoamiz o'z guruhidagi 3-turni Indoneziyaga qarshi aynan "Istiqlol"da o'tkazadi.

"Istiqlol" stadionida o'tkaziladigan o'yinlar:

01.03.2023

"B" guruhi, 1-tur

15:00. Avstraliya - Vetnam

19:00. Qatar - Eron


04.03.2023

"B" guruhi, 2-tur

15:00. Eron - Avstraliya

19:00. Vetnam - Qatar


07.03.2023

"B" guruhi, 3-tur

15:00. Vetnam - Eron

"A" guruhi, 3-tur

19:00. O'zbekiston - Indoneziya

"Istiqlol" stadioni uchrashuvlarni qabul qilish uchun tayyor holatga keltirib qo'yilgan, maydon chimi ham ajoyib holatda. Quyida suratlarni e'tiboringizga havola etamiz.


Stadionga o'zingiz baho berishingiz mumkin.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia