"Istiqlol" murabbiyi kamera qarshisida so'kindi

Narzulla Saydullayev
1 dek 2020
Eronning "Istiqlol" klubi murabbiyi mag'lubiyatdan so'ng chidab tura olmadi.

Eron chempionati navbatdagi turida "Fulad" va "Istiqlol" klublari o'zaro bahs olib borishdi va bunda "Fulad" 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

Ushbu mag'lubiyatga chiday olmaygan "Istiqlol" bosh murabbiyi Mahmud Fekri o'yindan so'ng intervyu berish o'rniga kamera qarshisida ochiqchasiga so'kindi.

Eron FF mazkur vaziyatni o'rganib chiqqan holda murabbiyni bitta o'yinga chetlatdi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia