“Istiqlol” bu turda Navoiyning “Zarafshon-NCZ” jamoasini qabul qildi. Uchrashuvning dastlabki daqiqalari teng kurashlar ostida o'tgan bo'lsada, mezbonlar asta-sekinlik bilan ustunlikni o'z qo'llariga ola boshladilar. Ammo, kutilmaganda mehmonlarning o'ng qanotdan uyushtirgan hujumlari gol bilan yakunlandi. Mezbonlar o'z darvozalaridan to'p olib chiqishganidan so'ng, katta kuch bilan oldinga o'tishdi hamda o'yin nazoratini to'lig'icha o'z qo'llariga olishdi. Birinchi bo'lim davomida uyushtirilgan ko'plab hujumlar samara bermadi va jamoalar tanaffusga 0:1 hisobi bilan chiqib ketishdi.
Ikkinchi bo'limda esa Kamol Jo'nashev shogirdlari tezkor gol kiritib, vaziyatni o'nglashga muvaffaq bo'lishdi. Bu vaziyatda G'ulomHaydar G'ulomov individual mahorati evaziga raqib darvozabonini dog'da qoldirdi. Oradan 10 daqiqa o'tib, Mamur Sultonov o'ng qanot bo'ylab Nodir Odilovni darvozabon bilan deyarli birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi. Odilov esa qulay imkoniyatni ko'kka sovurmadi. Mehmonlar darvozaboni uzoq burchakni yopishga ulgurmagani uchun ikkinchi to'pni darvozasidan olib chiqishga majbur bo'ldi.
Uchrashuvning 67-daqiqasida mezbonlarning birinchi goli muallifi G'ulomHaydar G'ulomov o'zining dublini nishonladi. G'ulomov bu safar ham individual mahoratini ishga slogan holda, raqib darvozasini ishg'ol qildi 3:1.
Shu tariqa, “Istiqlol” navoiyliklar bilan baxsda irodali g'alabani qo'lga kiritgan holda musobaqa jadvalida 11-pog'onaga ko'tarilib oldi.
O'zbekiston Birinchiligi, ikkinchi bosqich, 2-tur
15 avgust
Istiqlol (Toshkent) – Zarafshon-NCZ (Navoiy) – 3:1. 116 tomoshabin.
Hakamlar: R. Toshmuhamedov (Nukus), I. Abdulakov (Toshkent viloyati), O. Umarov (Toshkent viloyati), I. Xudoydotov.
Nazoratchi: D. Roman (Toshkent).
Gollar: G'ulomHaydar G'ulomov (47, 67), Nodir Odilov (57) – O'ktam Sadinov (18).
Istiqlol: Otabek Xoldarov, Timur Sadirov, Jasur Mirzaboev, Rasul Rahmonberdiev, Jamoliddin Qo'chqorov, G'ulomhaydar G'ulomov, Mamur Sultonov, Jamoliddin Normirzaev, Nodir Sadullaev, Nodir Odilov, Hasan Ergashev.
Zaxira: Anvar Nazarov, Shahzod Karimov, Nurpeys To'raqulov, Azamat Roziqov, Bahodir Daminov, Isroil Tursunov, Ilhom Aliboev.
Zarafshon-NCZ: Sevdiyor O'rinov, Temur Turdiev, Abdurahmon Abdulhaqov, Aziz Abdullaev, O'ktam Sadinov, Feruz Boboqulov, Ulug'bek Izbosarov, Abdulaziz Jo'raboev, Anvqar Ro'ziqulov, Saidjon Xayitov, Izzat Abdullaev.
Zaxira: Mirjalol Qudratov, Zokir Mirzaev, Ulug'bek Rahmonov, Dauren Eshboev, Mansur Otaqulov, Doston Dushanov, G'anisher Samandarov.
Ogohlantirishlar: F. Boboqulov (48), S. Hayitov (ikkisi ham - Zarafshon-PFK, 61).