Ispaniyaning uch giganti Ginterga qiziqish bildirmoqda

Aslanov Jasurbek
19 iyul 2021
Gladbaxning "Borussiya" klubi himoyachisi Mattias Ginter yaqin orada klubni tark etishi mumkin.

Xabarlarga ko'ra, futbolchi faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin. Unga Ispaniyaning uch yetakchi klubi - "Real", "Barselona" va "Atletiko" qiziqish bildirmoqda.

Futbolchining transfer qiymati 15–20 million evroga baholangan. 

27 yoshli futbolchiga "Bayer" ham qiziish bildirgan, ammo ular hali rasmiy taklif bilan chiqishgani yo'q. 

Ginterning amaldagi shartnomasi 2022 yilgacha amal qiladi. "Borussiya" futbolchi erkin agentga aylanmasidan ilgari uni sotmoqchi.

O'tgan mavsumda himoyachi 34 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fussball Transfers