Ispaniyalik yulduzning trenajyor zaliga kirishi taqiqlandi

Оқил Абдубарноев
8 mar 2026
Bazi yulduzlar mashg'ulotlarda dangasalik qilishadi, ammo bu futbolchi esa aksincha, uning kamroq shug'ullanishi kerakligi talabi qo'yildi.

Adama Traore o'z klubi "Vest Xem Yunayted"da trenajyor zaliga kirishdan chetlatildi. Buni uning murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu ma'lum qildi. Murabbiy sobiq Ispaniya terma jamoasi a'zosining mushakdor tana tuzilishini "aql bovar qilmas" deb tarifladi, ammo Traoreni u shundoq ham "o'zida etarlicha vazn ko'tarib yurgani" haqida ogohlantirdi.

Nunu chorshanba kuni "Fulxem"ga qarshi bo'lib o'tadigan APL o'yini oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida shunday dedi: "Uning tana tuzilishi shunchaki ajoyib, bu uning genlari bilan bog'liq".

Murabbiy so'zida davom etdi: "Men unga trenajyor zalidan uzoqroq yurishni aytdim. Bu u tushunib yetishi kerak bo'lgan narsalardan biri deb o'ylayman. Unda vazn etarli. U u erda faqat jarohatlarning oldini olishga qaratilgan mashqlarni bajaradi, lekin tosh ko'tarmaydi. Masalan, Ayridas Golambeckis (18 yosh) trenajyor zalida soatlab vaqt o'tkazadi – biz uni kuchaytirishimiz kerak. Aynan u mushak yig'ishi lozim. Traoreda esa buning mutlaqo aksi".

Bungacha Traore umuman tosh ko'tarmasligini takidlagan edi. Biroq o'tgan hafta uning jamoadoshi Krisensio Sammervill Traorening klub mashg'ulot bazasida 145 kilogramm shtangani ko'tarayotgani aks etgan videoni joylagandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Bild