Ispaniya futbol federatsiyasiga yangi prezident saylandi

18 may 2018, 00:50
Luis Rubiales Ispaniya Qirolligi futbol federatsiyasining yangi prezidenti etib saylandi, deya xabar bermoqda ushbu tashkilot matbuot xizmati.

Ushbu lavozimda salkam 30 yildan buyon ishlab kelgan Anxel Mariya Vilyar 2017 yilning yozida o'g'illari va ikki nafar futbol rahbarlari bilan birga korrupsiyaga aloqadorlikda gumonlanib, hibsga olingandi.

Rubiales -sobiq futbolchi-himoyai. 12 yil davomida u Ispaniyaning turli klublarida to'p tepgan. 2010 yilning mart oyidan 2017 yilning noyabriga qadar Ispaniya futbolchilari Assotsiatsiyasi prezidenti lavozimida ishlab kelgan.


Manba: Испания Қироллиги ФФси