Ismoil Gonsalvesh "Paxtakor" mashg'ulotida ishtirok etdi (FOTO)

Aslanov Jasurbek
4 fev 2018
Toshkentning "Paxtakor" klubi juma kunidan "Jar" stadionida mashg'ulotlarni boshladi.

Bu haqda "sherlar" rasmiy sayti xabar berdi.

Toshkentliklar qishki transfer oynasida o'z safiga qo'shib olgan portugaliyalik Ismoil Gonsalvesh jamoaning mashg'ulotlariga qo'shildi.

"Paxtakor" bosh murabbiyi Shota Arveladze Xitoyda o'tkazilgan U23 Osiyo chempionati ishtirokchilariga bir haftalik tatil berdi. Chunki ushbu o'yinchilar o'tgan mavsum yakunlangandan so'ng umuman dam olishmagandi.

Mashg'ulotlar kuniga bir yoki ikki mahaldan o'tkazilmoqda. 7 fevral kuni nazorat bellashuvi o'tkazilishi mo'ljallangan.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia