Ismoil Gonsalvesh: "Paxtakor" namoyish etadigan futbol uslubi Yevropa futboliga o'xshash" VIDEO

Narzulla Saydullayev
19 fev 2018
Portugaliyalik hujumchi "Al-Dafra"ga qarshi uchrashuv va jamoaga moslashishi xususida fikrlarini bildirdi.

- Yaxshi o'yin bo'ldi. Biz g'alaba qozondik. Raqibga nisbatan kuchliroq o'yin ko'rsatdik. Murabbiy tomonidan berilgan taktik ko'rsatmalarni uddalashga intildik.
Jamoadoshlarim o'yin uslubiga ko'nikishimda katta yordam berishmoqda. Barcha iliq kutib oldi va bu oson kechmoqda.

"Paxtakor" namoyish etadigan futbol uslubi Yevropa futboliga o'xshash. Murabbiy shu uslubni maqul ko'radi. Shu sababli unga moslashib boryapman, - deb ta'kidladi Gonsalvesh.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz