Islom Kenjaboev: "Nima bo'lgan taqdirda ham, ikkinchi davrada "Navbahor"da o'ynamasligimni bilardim"

Iskandarov Abdulaziz
4 sen 2022
"Qizilqum" jamoasining O'zbekiston kubogidagi yurishi chorak finalda to'xtadi.

 Jizzaxda "So'g'diyona" raqiblik qilgan uchrashuvda Nikola Lazarevich shogirdlari penaltilar seriyasida maydon egalariga mag'lub bo'ldi. Ushbu o'yin taassurotlari va boshqa mavzular haqida jamoaning tezkor yarim himoyachisi Islom Kenjaboevning fikrlari bilan qiziqdik. 


- "Qizilqum" kubokdagi ishtirokini yakunladi. Sizningcha chorak final bugungi jamoa uchun etarlimi?

- Maqsadimiz jamoa bilan finalga qadar yetib borish edi. Afsuski, ayrim sabablarga ko'ra musobaqadan chiqib ketdik. Balki omadimiz kelmagandir. Nima ham derdim, navbatdagi o'yinlarga tayyorgarlik ko'ramiz. 

- Jamoa asosiy vaqtda g'alabani ushlab qolishi mumkin edi... 

- Shu kuni o'yinni yaxshi boshqarayotgan edik. Gol ham urishga muvaffaq bo'ldik. Agar tezkor gol o'tkazib yubormaganimizda o'yin bizning foydamizga hal bo'lishi hech gap emasdi


- Superligadagi kurashda asosiy raqobatchi jamoa kim?

- Sovrindorlar qatoriga kirishni maqsad qilganmiz. Joriy yilgi Superliga oxirgi turga qadar qiziq o'tishi aniq. Barcha jamoalar bir-biriga raqobat tug'dira olyapti. 

- Yozgi transferlar oynasida "Navbahor"ni tark etdingiz. Raqobatda yutqazdim, deb o'ylaysizmi? 

- Men raqobatdan hech qachon qo'rqmaganman. Inson barchaga birdek muomala qilishi kerak. "Navbahor"ning o'yin uslubiga mos tushmagandirman. Muxlislar birinchi davrada nima bo'lganini ko'rishdi. 

- "Qizilqum"ga qaytishingiz qanday bo'ldi?

- Nima bo'lgan taqdirda ham ikkinchi davrada "Navbahor"da o'ynamasligimni bilardim. Har bir futbolchi zaxirada o'tirishni emas,  o'yin amaliyotiga ega bo'lishni istaydi.  Klubdan ketishim aniq bo'lgach "Qizilqum"dagilar aloqaga chiqishdi.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia