Islom Ismoilov: "Futbolchilar bir-birlarini tushunib olishlari uchun vaqt kerak"

Aslanov Jasurbek
26 yanv 2021
"Hokim Kubogi"ning 2-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Turon-2" (3:2) uchrashuvidan keyin yaypanliklar bosh murabbiyi Islom Ismoilov fikrlarini bildirib o'tdi.

"Raqibimiz "Bunyodkor", o'z uslubiga ega, sifatli o'yin namoyish qiladigan jamoa. Shuning uchun bugun tarkibimizga o'zgarishlarni amalga oshirdik. Kecha "Istiqlol"ga qarshi bahsda maydonga tushib bir bo'lim harakat qilgan futbolchilarni bugun ham tarkibga kiritdik. Birinchi bo'limda "Bunyodkor"da xavfli vaziyatlar ko'proq bo'lgan bo'lsa-da, tanaffusga biz g'olib sifatida yo'l oldik. Ammo ikkinchi bo'limda diqqatni yo'qotishimiz natijasida ikkita gol o'tkazib yubordik. Shundan so'ng futbolchilar o'zlariga kelishdi va biz xohlagan o'yinni namoyish qilishdi. Tarkibimizda bir qator yosh futbolchilar bor. Qolaversa, jamoaning o'zi deyarli yangilangan, o'yinchilar bir-birlarini tushunib olishlari uchun vaqt kerak. Umumiy manoda bugungi uchrashuvdan qoniqish hosil qildim. O'ylashimcha, bahs har ikkala jamoa uchun ham foydali bo'ldi",- deydi Islom Ismoilov. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Бунёдкор" матбуот хизмати