Islom Ismoilov boshqaruvidagi O'zbekiston U-17 terma jamoasi Turkiyadagi musobaqaga boradi

Sherzod Nurmatov
28 yanv 2025
U-17 Osiyo Kubogiga tayyorgarlikni davom ettirayotgan O'zbekiston U-17 terma jamoasi 8-15 fevral kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazadi.

Islom Ismoilov boshqaruvidagi jamoa yig'in doirasida Antalya Youth Cup xalqaro o'rtoqlik turnirida ishtirok etadi va Slovakiya, Marokash hamda Chexiya o'smirlar terma jamoalariga qarshi uchrashuvlarda maydonga tushadi. 

10 fevral

Slovakiya – O'zbekiston


12 fevral

O'zbekiston – Marokash


14 fevral

Chexiya – O'zbekiston


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати