

Shu sabab bosh murabbiy o'z xohishiga ko'ra lavozimini tark etishi e'lon qildi. U buni Millatlar Ligasi doirasida 16 noyabr kuni o'tadigan Daniya – Islandiya bahsi oldidan aytdi.
“Bu mening qarorim. Doimiy maqsadim termani Yevropa chempionatiga olib chiqish, undan keyin esa joyimni boshqalarga ishonib topshirish edi. Yevropa chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritolmadik va Islandiya mart oylarida JCH-2022 saralash bahslaridagi ishtirokini boshlaydi. Fikrimcha, boshqa mutaxassislar buni o'z zimmasiga olib, Islandiyani mundialga olib borgani maqul”, deydi Xarmen.
Eslatib o'tamiz, Erik Xamren Islandiya TJni 2018 yildan beri boshqarib kelayotgandi.



