Islandiya termasi sardori Qatar klubiga o'tdi

Xayrulla Xoliqov
21 mar 2019
Islandiya terma jamoasi sardori Aron Gunnarsson faoliyatini Qatarda davom ettiradi.

Bungacha "Kardiff" safida o'ynab kelgan futbolchi "Al Arabi" bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasman ma'lum qildi. 29 yoshli futbolchi 2011 yildan beri "Kardiff"da to'p tepib kelayotgandi. 

Ayni paytda "Al Arabi" Qatar chempionatida 6-o'rinni egallab turibdi. Klub bosh murabbiyi ham islandiyalik Xeymir Xollgrimson hisoblanadi. U o'tgan yilning dekabr oyidan beri jamoani boshqarmoqda.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com