Iroq yulduzlar ligasi. "Erbil" Temirovning dubli evaziga mehmonda g'alabaga erishdi, hamyurtimiz to'purarlar poygasida yaqqol yetakchilik qilmoqda

Alisher Ostonov
9 yanv 2026
Iroq yulduzlar ligasi 11-tur doirasidagi "Al Mosul" - "Erbil" o'yini bo'lib o'tdi.

Bahsda "Erbil" 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Mehmonlarning o'zbekistonlik hujumchisi Sherzod Temirov dul (22, 61-p) qayd etdi. 

"Erbil" chempionatda 11 o'yindan so'ng 27 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. Eng yaqin taqibchi bo'lmish "Al Shorta"da 21 ochko bor. Temirov esa 11 ta gol bilan to'purarlar poygasini boshqarmoqda. Uning eng yaqin taqibchilarida 6 tadan gol bor.


8 yanv 2026, 19:30
Al Mosul — Erbil
0 – 2
Tugadi





Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia