Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo'l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib"

Iskandarov Abdulaziz
3 may 2024
Iroq U-23 terma jamoasi kecha Parij-2024 Olimpiadasiga uchinchi o'rinni olgan holda to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritdi

Ular bu kurashda indoneziyalik hamkasblarini taslim qilishdi. Uchrashuvdan so'ng Iroq U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Radhi Shenaishil fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Asosiy qahramonlar - bizning futbolchilar. Bu ajoyib kurash bo'ldi. Lekin oson kechgani yo'q. Turnirni Tailandga qarshi mag'lubiyat bilan boshlaganimiz katta bosim ostida qoldirgandi. Bazi futbolchilar yosh va ularda bunday tajriba yo'q. Kelajak haqida gapira olmayman. Biz endi biroz hordiq chiqaramiz va keyin Olimpiya o'yinlari uchun maxsus dastur tuzamiz. Qo'l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib. Bu musobaqada o'ynamagan qo'shimcha futbolchilarni chaqirishim mumkin. Lekin ularning ismlarini ayta olmayman",- deydi Radhi Shenaishil. 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: AFC