

"Ketma-ket ikki g'alabadan keyin jamoamizni o'ziga bo'lgan ishonch ortdi. "Qizilqum" bilan bahsda ham kuchli ishtiyoq va mehnat evaziga g'alaba qozondik. Biroq o'yin oson kechgani yo'q. Har ikki jamoa ham maydonga faqat g'alaba uchun chiqqani ma'lum edi. O'yin uni yomg'ir bo'lishiga qaramay, termizdan kelgan muxlislarimizga o'z minnatdorchilgimizni bildiramiz.
"Qizilqum" ham yaxshi shakllangan jamoa. Tarkibidagi yo'qotishlar baribir jamoa o'yiniga ta’sir ko'rsatdi.
Jamoamizning hozirgi maqsadi qolgan uchta o'yinda ijobiy natija qayd etib, maksimal darajada yuqori o'rinlarning birida mavsumni tugatish hisoblanadi", – deb so'zini yakunladi Malikjonov.



