Iordaniya klublari chempionatdagi ishtirokini to'xtatdi

Sherzod Nurmatov
3 okt 2023
Mazkur ligada qatnashuvchi "Al Faysali" klubi OCHLda "Nasaf" bilan bir guruhdan joy olgan.

Iordaniya chempionatida ishtirok etuvchi 12 klub mamlakat futbol associaciyasidan joriy mavsum uchun homiylik puli sifatida 200 ming dinor (282 ming AQSH dollari) talab qilib, mahalliy ligadagi ishtirokini to'xtatishga qaror qilgan.

Shu bois sentyab oyining oxiridan buyon chempionat o'yinlari o'tkazilmayapti va 6-tur uchrashuvlari noma'lum muddatga qoldirilgan.

Eslatib o'tamiz, "Al Faysali" OCHL 1-turida o'z uyida "Nasaf"ga 0:1 hisobida engilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia