

Spartak sobiq futbolchisi Aleks va SSKA hujumchisi Vitino o'ynayotgan klub o'z tarixida ilk bor A seriyani tark etdi.
Internasonal so'nggi turda Fluminenseni mag'lub eta olmadi - 1:1. Faqat g'alabagina klubni oliy divizionda saqlab qolardi.
Ma'lumot uchun, ushbu klub 3 karra Braziliya chempioni bo'lgan, bir marta Braziliya kubogi sohibiga aylangan. 2006 yil klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida g'olib bo'lgan. Ikki bor Libertadores kubogida zafar quchgan. Bir marta Sudamerikana kubogi sohibiga aylangan.



