"Inter"da "Liverpul"ga qarshi o'yin oldidan to'rtta yo'qotish bor

Narzulla Saydullayev
15 fev 2022, 23:40
Simone Inzagi jamoasida yo'qotishlar bor.

"Inter" klubi YCHL 1/8 finalining dastlabki o'yinidan oldin bir necha yo'qotishlarga uchradi. "Liverpul"ga qarshi dastlabki o'yinda Alessandro Bastoni, Xoakin Korrea va Robin Gosens kabi futbolchilar jarohat sabab maydonga tusha olishmaydi. Bundan tashqari, Nikola Barella diskvalifikaciya sabab o'yinni o'tkazib yuboradi.

Eslatib o'tamiz, "Inter" va "Liverpul" o'rtasidagi o'yin 17 fevral kuni soat 01:00da boshlanadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Football Italia