"Inter"da Eto'O uchun taklif tayyor

Narzulla Saydullayev
22 avg 2013
"Inter" 32 yoshli hujumchi Samyuel Eto'Oni "Anji"dan sotib olish fikridan qaytmayapti, deya xabar beradi La Gazzetta dello Sport.

Italiyan klubi yaqin vaqt ichida futbolchining transferi borasida rasmiy taklif bilan chiqishni rejalashtirmoqda. Kelasi haftada muzokaralar yakuniga etkaziladi.

Avvalroq, "Inter" futbolchining moliyaviy talablariga ko'nmagani xaqida xabarlar chiqqan, unda kamerunlik hujumchi yiliga 4,5 million evro so'ragani aytilgan edi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sport-express.ru