"Inter" Paredesni PSJdan 10-15 mln evro evaziga xarid qilishi mumkin

Alisher
13 apr 2022
PSJ yarim himoyachisi Leandro Paredes "Inter" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Italiya klubi argentinalik yarim himoyachini 10-15 million evro evaziga xarid qilishi mumkin.

Uning parijliklar bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

27 yoshli Paredes jamoa tarkibida joriy mavsum 22ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport