"Inter" Morata uchun "Atletiko"ga 15 mln evro berishga tayyor

Sherzod Nurmatov
18 iyul 2023, 13:29
"Inter" "Atletiko" hujumchisi Alvaro Morataga qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko'ra, 18 iyul kuni Milanda "neradzurri" vakillari va forvardning agenti o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tishi kutilmoqda. 

"Inter" futbolchi uchun 12 million evro va 3 million transfer bonusi hamda 4 yillik shartnoma taklif qilishga tayyor.

Avvalroq futbolchi "Roma"ga o'tishga rozi bo'lgani haqida ma'lumot paydo bo'lgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira