"Inter" mayda "Atalanta" bilan Konti borasida muzokara o'tkazadi

Tolibjon Qosimov
3 apr 2017
"Inter" vakillari mayning oxirida "Atalanta" rahbarlari bilan himoyachi Andrea Kontining transferi borasida muzokara o'tkazadi.

23 yoshli o'ng qanot o'yinchisiga "Chelsi" va "Napoli" ham davogarlik qilmoqda.

Xabar qilinishicha, "neradzurrilar" kelishuv amalga oshmagan taqdirda "Manchester Yunayted" a'zosi Matteo Darmianni xarid qilishga urinib ko'rishadi.

Joriy mavsum Konti 28ta o'yin o'tkazdi va beshta gol urib, to'rtta golli pas berdi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Football Italia