Italiyaning "Inter" klubi o'z safini Meksikaning "Amerika" jamoasi himoyachisi Migel Layun bilan to'ldirib olishi kutilmoqda.
"Neradzurrilar" ushbu futbolchini sotib olishni rejalashtirishmoqda. Shuningdek, Migel Layunga "Fiorentina" hamda "Kalyari" jamoalari ham qiziqish bildirishmoqda.