"Inter" "Lacio" futbolchisini sotib olish huquqi bilan ijaraga oldi

Sherzod Nurmatov
26 avg 2021
Argentinalik forvard Xoakin Korrea "neradzurrilar" safida to'p tepadi.

Milanning "Inter" klubi rasmiy sayti "Lacio" hujumchisi Xoakin Korrea bilan shartnoma tuzilganini e'lon qildi. 

27 yoshli argentinalik sotib olish huquqi bilan mavsum so'ngiga qadar ijaraga olindi, ammo "neradzurrilar" o'yinchi bilan 2025 yilning yozigacha mo'ljallangan kelishuv imzolaganliklarini aytib o'tishdi. 

OAV ma'lumotiga ko'ra, o'tish narxi – taxminan 30 million evro. 

Korrea o'tgan mavsumda 38 o'yinda 11 ta gol urdi va 6 ta golga pas uzatdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: inter.it

O'xshash yangiliklar